Sport maydonlari va faol hordiq uchun yagona ekotizim

Sport maydonlarini
kafolatli va oson band qiling.

Atrofingizdagi eng qulay stadionlarni tanlang, real vaqtdagi bo'sh soatlarni ko'ring va xavfsiz zaklad bilan vaqtingizni kafolatlang. Telefon qo'ng'iroqlarisiz, bir zumda.

Ilovani Webda ochish Telegram orqali
Onlayn to'lov QR Chipta Jonli taqvim

Foydalanuvchilar uchun

O'yinni rejalashtirish endi oson

Joylashuv va sharoitlar

Maydonlarning dush, yoritish tizimi, avtoturargoh kabi sharoitlarini ko'ring va xaritadan eng yaqinini tanlang.

Aniq bo'sh vaqtlar

Maydon ma'muri bilan kelishib o'tirmasdan, tizimdagi real vaqtda yangilanib turuvchi jadvaldan bo'sh soatni tanlang.

Kafolatlangan bron

Onlayn zaklad to'langandan so'ng, slot avtomatik yopiladi va boshqa hech kim siz tanlagan vaqtni ololmaydi.

💼 Davra Business

Maydoningizni to'liq avtomatlashtiring, yo'qotishlarga chek qo'ying.

Daftar-ruchka va doimiy telefon qo'ng'iroqlari davri o'tdi. Davra Business orqali stadioningiz bandligini oshiring va har bir soatni nazorat qiling.

"Kelmay qolish"dan himoya

Mijoz zaklad to'laydi. U o'yinga kelmasa ham stadion daromadi kafolatli saqlanadi.

Shaffof moliya va kassa

Smenadagi administratorlar tushumlarini masofadan real vaqtda kuzating.

Bo'sh soatlarni sotish

Kunduzgi yoki kam talab soatlarni ilovadagi aksiyalar orqali tezkor to'ldiring.

To'g'ridan-to'g'ri to'lovlar

Daromadlaringiz to'g'ridan-to'g'ri bank hisobingizga yoki o'zini o'zi band qilgan kartangizga tushadi.

Obyektni qo'shish (Biznes kabinet)

Xavfsiz va qonuniy

O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga to'liq mos

Barcha moliyaviy operatsiyalar Paylov to'lov infratuzilmasi orqali xavfsiz o'tkaziladi. Obyekt egalari va mijozlar huquqlari rasmiy ommaviy oferta bilan kafolatlangan.